So’nggi yangiliklar

16:25"Манчестер Сити" Винисиусга даъвогарлик қилмоқда 0 16:04Шон Стрикленд кейинги рақиби ким бўлишини айтди 0 15:43Стрикленд — Чимаев билан треш-ток ҳақида: "Буни сизлар учун қилгандим, йигитлар" 0 15:22Британияда Жалолов — Итаума жангининг эҳтимолий санаси айтилди 0 15:01"Ливерпуль" "Реал"дан Хаби Алонсо ҳақида маълумот сўради 0 14:40"Тошкент, тайёрлан!". Жукембаев Эргашевга қарши жанг олдидан баёнот берди 0 14:19Хоразмда самбочилар хотира турнирида беллашди 0 13:58Дрикус дю Плесси Чимаев мағлубиятидан сўнг: "Менимча, яна чемпион бўламан" 0 13:37Фабрегас бошқарувидаги "Комо" тарихга кирди 0 13:16Уайт — Макгрегор ҳақида: "Келишув йўқ, аммо мен ҳар қачонгидан ҳам бунга ишоняпман" 0 12:55Стрикленд тан олди 0 12:34Cамарқандда Uzbekistan Judo Tour мусобақаси бошланди 0 12:13"Барселона" футболчиси тарихда илк марта Топ-5 лиганинг тўрттасида чемпион бўлди 0 11:52Имавов эҳтимолий реваншда Стриклендни нокаут қилишини айтди 0 11:31Тошкент мезбонлик қилган U18 ёш тоифасидаги Осиё соҳил волейболи чемпионатида совринсиз қолдик 0

05 iyu 16:09
Yangiliklar

Sport kurashlari. Rahmonovda kumush, Abdurahmonov finalga chiqdi

Gruziyaning Tbilisi shahrida sport kurashlari bo'yicha Gran-Pri musobaqasi davom etmoqda.

Musobaqada erkin kurashchimiz Abbos Rahmonov (-61kg) finalgacha etib borgani haqida xabar berib o'tgandik. Afsuski, u hal qiluvchi jangda gruziyalik Beka Lomtadzega imkoniyatni boy berib qo'ydi va musobaqaning kumush medali bilan kifoyalandi, deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati. 

-74kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bekzod Abdurahmonov esa musobaqa davomida Turkiya, Gruziya, Rossiya va Qozog'iston vakillarini mag'lubiyatga uchratib, finalgacha etib bordi. Endi u oltin medal uchun turkiyalik Yakup Gorga qarshi gilamga chiqadi.

Yunon-rum kurashi bo'yicha bellashuvlarda esa -55 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etgan Ilhom Bahromov bronza medaliga sazovor bo'ldi. -60kg vaznli Islom Bahromov esa final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. U oltin medal uchun Mehrdod Mardoniga qarshi bahs yuritadi. Islom finalgacha bo'lgan yo'lda uch nafar gruziyalik va boshqa bir hamyurtimiz Firuz To'xtaevni mag'lub etdi. O'z navbatida To'xtaev musobaqada Gruziya va Bolgariyadan tashrif buyurgan polvonlardan ustun keldi. Endi u bronza medali uchun gruziyalik raqibga qarshi kurash olib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing