So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

11 sen 08:27
Yangiliklar

Boshqalar

Sport maktabida marixuana topilgan holat yuzasidan rasmiy bayonot

Joriy yilning 5 sentyabr kuni CHirchiq shahrida joylashgan Bolalar-o'smirlar sport maktabida qorovul va yana bir shaxsning giyohvand moddasini tayyorlayotganida CHirchiq shahar IIBBning tezkor guruhi tomonidan qo'lga olingan.

Ushbu holat bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi topshirig'iga asosan Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi rahbari boshchiligidagi masul xodimlar mazkur holatni CHirchiq shahar bolalar-o'smirlar sport maktabiga borib o'rganishdi.

Hozirgi kunda bolalar-o'smirlar sport maktabi qorovuli Bazarbaev Timur Turg'unovichga nisbatan CHirchiq shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lib, ayblanuvchi ehtiyot chora sifatida hibsga olingan.

Timur Bazarbaev 1982 yil 21 iyul kuni CHirchiq shahrida tug'ilgan bo'lib, 2018 yilning 21 iyunidan buyon CHirchiq shahar bolalar va o'smirlar sport maktabida qorovul vazifasida ishlab kelgan va shu paytga qadar ish faoliyati davomida unga nisbatan mehnat qonunchiligiga asosan intizomiy jazo chorasi qo'llanilmagan.

Sodir bo'lgan holat yuzasidan CHirchiq shahar bolalar-o'smirlar sport maktabida Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi rahbari boshchiligidagi masul xodimlar talim muassasasi direktori Akmal Urmanov va maktabning barcha xodimlari bilan suhbat o'tkazildi.

Masullar tomonidan holat o'rganilgach, o'z faoliyatiga nisbatan sovuqqon munosabatda bo'lib, masuliyatsizlikka yo'l qo'yganligi uchun CHirchiq shahar bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori, sport maktabining o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari hamda xo'jalik ishlari bo'yicha direktor o'rinbosariga intizomiy jazo choralari qo'llanildi.

SHuningdek, Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'iga bu kabi holatlar boshqa takrorlanmasligi yuzasidan qattiq ogohlantirish berildi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi sport talim muassasalari hududida bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida tizimdagi barcha tashkilot va muassasalarda tushuntirish ishlarini kuchaytiradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
 


Toshkent viloyatidagi sport maktabi binosida qariyb 6 kg marixuana qovurayotgan qorovul ushlandi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing