So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

04 mar 21:23
Yangiliklar

Boshqalar

Sport oilasining to'rt nafar vakili bayram arafasida "Zulfiya" mukofotini qo'lga kiritdi

Teglar :  Zulfiya
Sport oilasining to'rt nafar vakili bayram arafasida "Zulfiya" mukofotini qo'lga kiritdi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarni ezozlash, ularning jamiyatdagi o'rni va nufuzini oshirish, orzu-intilishlarini qo'llab-quvvatlash, o'zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o'rnak bo'layotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarayotgan, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etib, o'z g'oya va tashabbuslarini ilgari surayotgan, ijtimoiy hayotda faollik ko'rsatayotgan qizlarni munosib rag'batlantirish maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to'g'risidagi Prezident qarori elon qilindi.

Unga ko'ra, jami 28 nafar yurtdoshimiz alo xulqi, noyob istedodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o'qishdagi muvaffaqiyatlari hamda talim, fan, adabiyot, sanat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo'lishdi.

Etiborlisi, mukofotlanganlarning to'rt nafarini sport sohasida o'zlarini namoyon etib kelayotgan qizlarimiz tashkil etishadi. Bular:

Orazbaeva Gulsanem Jalg'asbay qizi – Qoraqalpog'iston Respublikasi Bo'zatov tumanidagi 1-umumiy o'rta talim maktabining 8-sinf o'quvchisi, shotokan karate-do bo'yicha O'zbekiston kubogi g'olibi, sport ustaligiga nomzod;

Salimova Amira Sunnatjon qizi – Buxoro viloyati Kogon shahridagi 8-umumiy o'rta talim maktabining 11-sinf o'quvchisi, badiiy gimnastika bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi;

Omonova Umida SHuhrat qizi – O'zbekiston shaxmat federaciyasining Xalqaro shaxmat akademiyasi o'quvchisi, FIDE ustasi (Surxondaryo viloyati);

Kim Yuliya Olegovna – Respublika oliy sport mahorati maktabining figurali uchish bo'yicha murabbiyi, sport ustasi (Toshkent shahri).

Biz ushbu yuksak davlat mukofotiga sazovor bo'lgan barcha qizlarni muborakbod etamiz hamda kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar yor bo'lishini tilaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing