So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

29 mar 17:17
Yangiliklar

SHaxmat

Afro'za Xamdamovaga "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti tantanali tarzda topshirildi

Yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni hisoblangan Afro'za Hamdamova Prezident Qaroriga ko'ra davlat mukofotiga loyiq ko'rilgandi.

Xabaringiz bor, 3 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to'g'risida"gi Qaroriga muvofiq Samarqand shahridagi 42-umumiy o'rta talim maktabining 9-sinf o'quvchisi, shaxmat bo'yicha ikki karra jahon chempioni Afro'za Hamdamova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi.

8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Ko'ksaroy qarorgohida o'tkazilgan tantanali marosimda "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan ko'plab qizlarimiz Davlatimiz rahbaridan mukofotlarni qabul qilib olishdi. Ushbu bayram kunlarida CHernogoriya davlatining Petrovas shahrida shaxmat bo'yicha 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida Jahon chempionatida ishtirok etayotgan Afro'za Xamdamovaga mazkur mukofot vatanimizga qaytgandan keyin topshirilishi ko'zda tutilgandi.

Xalqaro shaxmat akademiyasida o'tkazilgan tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi Zulayho Mahkamova tomonidan Afro'za Xamdamovaga «Zulfiya» mukofoti tantanali tarzda topshirildi.

Tadbirda Sport vaziri Adkham Ikramov, Yoshlar ishlar agentligi direktori Alisher Sadullaev, O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisi o'rinbosari Komil Sindarov, keng sport jamoatchiligi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Afro'za Xamdamova ushbu yuksak mukofotga munosib ko'rilgani uchun Davlatimiz rahbariga o'z minnatdorchiligini bildirib, kelgusida ham nufuzli xalqaro musobaqalarda vatanimiz bayrog'ini yuksaklarga ko'tarishga vada berdi. 

Malumot o'rnida aytish joizki, Afro'za Xamdamova 2022 yildan ayollar o'rtasida FIDE sport ustasi, 2024 yildan ayollar o'rtasida xalqaro sport ustasi hamda  O'zbekiston ayollar terma jamoasi azosi hisoblanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing