So’nggi yangiliklar

08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0

14 okt 08:46
Yangiliklar

Tadbirlar

Sport va tibbiyot mavzuida xalqaro konferenciya o'z ishini boshladi

Teglar :  Sport va tibbiyot
Toshkentda “Tibbiyot va sport: muammolar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'z ishini boshladi.

MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM) tomonidan o'tkazilayotgan ushbu tadbirda Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Turkiya, Qozog'iston, Ispaniya, Litva kabi mamlakatlardan tashrif buyurgan shifokorlar sohaga oid so'nggi yutuqlar, kamchilik va muammolar, ularning echimlari borasida o'z bilimlarini ulashadi.

“InterContinental Tashkent” mehmonxonasida o'tgan tadbirning ochilish marosimida rasmiylar mavzuning dolzarbligi, bugungi kunda davlatimiz tomonidan sport tibbiyotini rivojlantirishga qaratilayotgan etibor xususida to'xtalib o'tishdi. 

Unda Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari Elmira Basitxanova, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, RSTIAM direktori Kamol Sirojitdinov ishtirok etishdi.

Anjumanda mamlakatimizdagi federaciya va associaciyalar, hududlardagi sport talim muassasalarda faoliyat olib borayotgan sport shifokorlari, terma jamoa murabbiylari, soha mutaxassislari ishtirok etishmoqda. Dasturga muvofiq, ikki kun davomida xalqaro ekspertlar tomonidan mahalliy mutaxassislar uchun nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing