30 sen 09:19
Yangiliklar
Xokkey

Sport vaziri Adham Ikramov: "Ishonchim komil, "Humo"ning kelajagi hali muhokama qilinadi"
O'zbekiston Sport vaziri Adham Ikramov Toshkentning "Humo" xokkey klubini xalqaro musobaqalarga qaytarish masalasi muhokama qilinishini aytdi.
"Bizda Qozog'iston chempionatida faol ishtirok etib kelgan yaxshi jamoamiz — "Humo" bor edi. Ishonchim komilki, bu masalalar kelgusida yana muhokama qilinadi. Klubning VXL orqali rivojlanishi O'zbekistonga ham, butun mintaqaga ham ijobiy tasir ko'rsatadi", dedi Ikramov TASS nashri muxbiri bilan suhbatda.
Malumot o'rnida, "Humo" 2018 yilda tashkil etilgan. Klub joriy mavsumni moliyaviy qiyinchiliklar tufayli o'tkazib yubormoqda.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar