21 iyu 10:06
Yangiliklar
Boshqalar

Sport vaziri ananaviy yoga festivalida ishtirok etdi
Bugun poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek nomidagi markaziy xiyobonida 21 iyun - Xalqaro yoga kuni munosabati bilan yoga festivali tashkil etildi.
Festivalning ochilish marosimida Sport vaziri Adham Ikramov, Hindistonning O'zbekistondagi elchisi Smita Pant xonim, turli korxona va tashkilotlarning ishchi-xodimlari, Yoga markazi azolari, o'quvchi yoshlar, mahalliy aholi vakillari va xorijiy mehmonlar ishtirok etdi.
Yoga festivali 2019 yildan buyon mamlakatimizda ananaviy tarzda tashkil etilmoqda, va yildan yilga ushbu sport turiga qiziquvchilar soni ortib bormoqda.
Takidlash lozim, shu yilning 25-27 aprel kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida yoga sport turi bo'yicha bo'lib o'tgan ikkinchi Osiyo chempionatida o'zbekistonlik sportchilar ishtirok etib, turli yo'nalishlarda jami 26 ta medalga ega chiqishgandi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar