So’nggi yangiliklar

16:00Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз учун қуръа қандай келди? 0 15:39Модрич "Реал"даги келажаги борасида бир қарорга келди 0 15:24Баҳодир Жалолов Россиядаги турнир финалида Лазизбек Мулложонов билан жанг қилди! 0 15:18Анвар Анваров Кипрда кумуш медаль соҳибига айланди 0 14:57Стол тенниси. Қизларимиздан ҳеч ким Париж-2024 Олимпиадасига бормайди, йигитларда имконият бор 0 14:36Жасурбек Жайсунов - Осиё чемпиони! 0 14:15"Барселона" Хавини истеъфога чиқарса қанча товон пули тўлайди? 0 13:54UFC Fight Night 241 турнири жангчилари тарозига чиқишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:33Рим WTA 1000 турнирининг жуфтлик баҳсларида финалчилар аниқланди 0 13:12Астанада давом этаётган “Элорда кубоги”да финал жанглари бошланди 0 12:51"Бавария"ни бошқариш учун ягона номзод қолди 0 12:30Ислам Махачев Конор Макгрегор билан жангга тайёрлигини айтди 0 12:09Шандонг спорт университети билан ҳам ҳамкорлик алоқалари йўлга қўйилди 0 11:48Стол тенниси. Париж-2024 Олимпиадаси учун ўтказилаётган лицензион турнирнинг илк кунги натижалари + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:27Юрген Клопп "Ливерпуль"даги фаолиятини сарҳисоб қилди 0

11 iyu 09:02
Yangiliklar

Sportchilarni dopingga davat qilayotgan murabbiy va mutasaddilar ham yo'q emas - Milliy antidoping agentligi bosh direktori Nodirjon Tursunov bilan suhbat

Teglar :  AntidopingTursunov
O'zbekiston Milliy antidoping agentligi rasman 2018 yildan o'z faoliyatini boshlagan.

O'zMADA sportda doping ishlatilishiga qarshi kurashish, sportchilarning sog'lig'ini saqlash va ularning dopingsiz musobaqalarda qatnashish huquqini himoya qilish hamda antidoping qoidalarining buzilishini aniqlash va oldini olish kabi vazifalar bilan shug'ullanadi.

O'zA muxbiri Milliy antidoping agentligi bosh direktori Nodirjon Tursunovni doping tizimi va mamlakatni dopingdan holi hududga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan masalalar bo'yicha suhbatga chorladi.

- Doping nima, uni qanday xususiyatlari mavjud?

- Doping – bu musobaqa muvaffaqiyatlarini va sport natijalarini oshirish maqsadida organizmga yod moddalarni odatdan yuqori miqdorda va turli yo'llar bilan suniy va nohaq ravishda sportchi organizmga yuborilgan moddaga – doping deyiladi. Inson organizmining faoliyatini suniy qo'zg'atuvchi vositalar doping modda yoki uslubi hisoblanadi. Dopingni inson organizmiga ko'rsatadigan tasirlar ham mavjud. Ko'pchilikka malumki, sportda, ayniqsa katta sportda dopingni istemol qilish bilan bog'liq turli mojarolar mavjud. Buning sababi, bir tomondan sportchilar taqiqlangan moddalarga nisbatan ko'proq murojaat qilishi bo'lsa, ikkinchi tomonidan, doping holatlari tez fursatda oshkora qilinishi, shuningdek antidoping laboratoriyalarining aniqlash uslublari avvalgi yillar bilan solishtirganda yanada mukammallashib borishidadir.

- SHu o'rinda savol tug'iladi. Sportda dopingga qarshi samarali kurashsa bo'ladimi?

- Albatta, bo'ladi. Bu «serqirra» muammoni keskin kamaytirish va deyarli yo'q qilish faqat o'zimizning – sport ahli va keng jamoatchilikning qo'lida. Buning uchun birinchi navbatda, «Zamonaviy o'zbek sportining yutuqlarini ko'rolmaydiganlar talaygina, ular bizning sportchilarga qarshi fitnalar uyushtirib, ularni dopingda ayblab tuhmat qilib yurishibdi» kabi isbotini topmagan fikrdan qaytish va vaziyatni tanqidiy tahlil qilishimiz lozim.

Masalaning asosiy mohiyati shundaki, o'ziga ishongan, tabiiy kuchi evaziga g'alabalarga erishib kelayotgan halol sportchini hech kim va hech qaysi tashkilot «dopingchi» deb asossiz ayblolmaydi. Alohida takidlab o'tishimiz lozim, xuddi shu fikrda bo'lib, aslida sohada tizimli kamchiliklarni tan olmay o'zining kasbiy qobiliyatsizligini yashirish maqsadida bizga yaqin qo'shni davlatlardan biri mana etti yildan beri masalani konstruktiv echimidan ko'ra, uni siyosiylashtirishni afzal ko'rmoqda. Vaholanki, ushbu davlatning sportchilari va sport mutasaddilariga qarshi qo'yilgan barcha ayblovlar bo'yicha ishlar mutlaq mustaqil bo'lgan Oliy sport arbitraj sudigacha borib, o'z tasdig'ini to'liq topgan.

SHuningdek, boshqa sohalar kabi, sport sohasida ham turli tuman, lekin sportga bevosita aloqasi yo'q manfaatlar va ularni qondirish yo'lida sodir etilayotgan korrupcion harakatlarga qarshi kurashish lozim. Bu manoda qanchalik hayratlanarli tuyulmasin, ammo doping muammosi va korrupciyaning chambarchas bog'liqligi mavjud. Buni «sportchi – murabbiy – sport federaciyasi» zanjiri misolida kuzatishimiz mumkin: nafaqat yirik g'alabaga erishgan sportchi, balki uning murabbiyi va tegishli sport federaciyasining rahbar xodimlari davlatimiz tomonidan etiborga olinib, ularga turli mukofotlar, qimmatbaho buyumlar, unvonu darajalar, imtiyozu imkoniyatlar taqdim etiladi. Agar sportchi ushbu g'alabasini doping hisobiga qo'lga kiritgan bo'lsa, u Butunjahon antidoping kodeksiga asosan malum muddatga sportdan chetlashtiriladi xolos, lekin u va uning atrofidagi shaxslar davlatni aldaganicha qolaverib, hech qanday javobgarlikka tortilmay qolyapti. Natijada, «yuksak» maqsad yo'lida hech narsadan qaytmaslik, davlat va jamiyat manfaatlarini chetga surib o'zining shaxsiy manfaatlarini yuqori qo'yish kayfiyati ustunlik qila boshlayapti.

- Sportda korrupciyaning paydo bo'lishiga sabab bo'luvchi omillar nimalardan iborat deb o'ylaysiz?

- Bugun korrupciya haqida qancha ko'p gapirmaylik, har qanday jamiyatda korrupciyaga qarshi kurashning oddiy echimi bor. Mamlakatda qonunlar va javobgarlik hammaga teng bo'lishi, hech kim jazodan yashirilmasligi, ayalmasligi va shunchaki kechirilmasligi kerak.

Mavjud qarashlarga ko'ra, sportda korrupciyaning paydo bo'lishi omillari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

insonning shaxsiy g'arazlari. Mukofotu unvonlar, ularning ketidan turli imtiyoz va imkoniyatlar, tezroq va ko'proq shon-shuhrat, boylikni qo'lga kiritish. Yani nafs omili;

sportchi, murabbiy va sport mutasaddilarida asl vatanparvarlik va axloqiy tuyg'ular pasayib ketishi. Bunda sportning tarbiyaviy omili izdan chiqqani ham korrupciya paydo bo'lishiga zamin yaratadi;

sportchi, murabbiy va sport mutasaddilarining fasodga beparvoligi va unga butunlay ko'nikib ketishi, yani «hozirgi sportda sportchi o'zining yuksak mahorati, matonati va intilishi evaziga emas, balki doping istemol qilishi orqali g'alaba qozonib, ishini bitiradi, biz ham shunday qilmasak, maqsadimizga erishmaymiz» degan tushunchaning hukm surishi;

korrupciyaga yo'l ochib beruvchi buzuq muhit. Bu sportga tegishli reglament, tartib va qoidalar, masalan, sportchini terma jamoa tarkibiga kiritish, uni nufuzli yirik sport musobaqasida ishtirok etish uchun saralash kabi qoida va boshqa tartiblardagi buzuqlik va yaratilgan imkoniyatlardan hamma sportchilar teng foydalanolmasligi, buning uchun shaffof imkoniyat berilmagani. Tegishli meyoriy hujjatlar odatda chiroyli yozilgan bo'lsada, ular to'liq ishlamaydi yoki ular ustidan ijtimoiy nazorat yo'q yoki mutasaddilar tomonidan etibor nisbatan sust.


- Bilib yoki bilmasdan dopingga tushib qolish va tizimli ravishda shakllanib borayotgan taqiqlangan moddalarni istemol qilish holatlari haqida nima degan bo'lardingiz?

- Mamlakatimiz aholisi singari sportchilarimizning aksariyati islom diniga etiqod qilishini inobatga olsak, yuqoridagi salbiy omillar qoralanganligi haqida barchada tushuncha mavjud. SHunga qaramasdan, dopingdan foydalanayotgan sportchilar, shunga davat qilayotgan, kerak bo'lsa ularni majburlayotgan murabbiy va mutasaddilar, afsuski, sportimizda yo'q emas.

O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hukumat darajasigacha ko'tarilgan bir vaqtda, bunday «uddaburonlarning» qilmishlarini kuzatib borayotgan o'zbek sporti kelajagi bo'lgan yosh sportchilar orasidan etishib chiqayotgan avlodning umidlari so'nadi, katta sportning ommalashishi va rivojlanishi oqsoqlanadi. SHu kabi illatlar yo'qolmas ekan bu holatlarga guvoh bo'layotgan jamiyatning hukumatga nisbatan ishonchi ham tushib boraveradi.

Dastlabki yillarda shakllangan «G'alaba va medallarga erishish uchun barcha vositalar yaxshi» degan zararli psixologiyadan bugun mutlaqo voz kechish zarur. CHunki «barcha vositalar» tushunchasiga doping istemol qilish ham mazmunan to'g'ri kelib, dopingchilar uchun bu allaqachon oqlovchi shiorga aylanib ulgurgan. Hukumatimiz tomonidan yaratib berilayotgan qulay imkoniyatlardan samarali foydalanish o'rniga o'z maqsadlari yo'lida «cho'ntaklarini» o'ylab sportchilarni «qurbon» qilayotgan mutasaddilarni aslo kechirib bo'lmaydi. Zero sport mutasaddilari har gal bizga doping evaziga, yani «sportcha firibgarlik» yo'li bilan qo'lga kiritilgan sharmandali g'alabalar va soxta qahramonlar kerak emas, ular mamlakatimizning xalqaro sport maydonlaridagi obro'siga putur etkazadi. Sportchilarimizdan faqat munosib ishtirok va halol bahs talab etamiz, deb bejiz takror-takror aytishmayapti.

SHuni qo'shimcha qilmoqchiman, doping istemol qilishda qo'lga tushgan sportchilar, ularning murabbiylari va qo'llab-quvvatlagan yoki etiborsizlik qilgan sport tashkilotlarining mutasaddilariga nisbatan, unvoni va mansabidan qatiy nazar tegishli jazo muqarrarligini taminlash zarur.

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tmoqchiman, agar sportimizga tegishli har bir shaxs dopingchini qo'llab-quvvatlamay, o'zining manfaati yo'lida unga shart-sharoit yaratib, halol sportchining rizqini uzmay, o'ziga topshirilgan ishni o'sha halol sportchi roziligi uchun qilsa, mamlakatimizda sport bilan faol shug'ullanuvchi qariyb to'rt million sportchiga, shu jumladan, nogiron sportchilarga ham qilingan yaxshilikning savobiga ega bo'ladi.

Pirovardida, barchasi eng asosiy mezon – adolatga borib taqaladi. Adolat bo'lsa, halol sportchilar har qanday qiyinchilikka chidaydi, har qanday jismoniy va ruhiy yuklamalarga bardosh beroladi. Toki mashaqqatli mehnatiga yarasha qadr ko'radi, davlatidan, jamiyatidan, umridan rozi bo'ladi. Bu – o'zbek sportida dopingga qarshi kurashishda ulkan siljishga imkon yaratadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing