07 may 12:44
Yangiliklar
Tennis
Startda g'alabaga erishgan Gaske Federerga duch keldi
Ispaniya poytaxti Madrid shahrida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Sayyoramizning 39-raketkasi bo'lib turgan Rishar Gaske musobaqadagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi. Franciyalik tennischi ispaniyalik Alexandro Davidovich Fokinani 7/5, 7/6(5) hisobida taslim etdi.
Endi 32 yoshli Gaske Mutua Madrid Open musobaqasining ikkinchi davrasida shveycariyalik tennis afsonasi Rojer Federerga qarshi kortga chiqadi. Rojer o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan boshlaydi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar