12 sen 08:27
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/4005_220.jpg)
Sten Vavrinka – US Open-2016 g'olibi!
AQSHning Nyu-York shahrida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi US Open-2016 turniri yakunlandi.
Erkaklar o'rtasidagi musobaqaning hal qiluvchi final bahsida shveycariyalik Sten Vavrinka dunyoning birinchi raketkasi serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqdi.
Uch soatu 54 daqiqa davom etgan dramatik uchrashuvda biroz kutilmaganda Vavrinka kuchli raqibini 6:7(1), 6:4, 7:5, 6:3 hisobida mag'lub etib, bosh mukofot sohibiga aylandi.
Bu 31 yoshli Sten uchun “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlardagi uchinchi sovrin bo'ldi. Bunga qadar shveycariyalik tennischi 2014 yili Australian Open hamda 2015 yili “Rolan Garros” turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Fikrlar