03 avg 09:35
Yangiliklar
Tennis

Stenford (WTA). Mariya SHarapovaning kutilmagan qarori
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova AQSHning Stenford shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini yakunladi.
SHarapova ikkinchi davrada ukrainalik Lesya Curenkoga qarshi kortga chiqishi kerak edi. Lekin Masha qo'lidagi jarohat sabab bu uchrashuvni o'tkaza olmadi.
“Afsus bilan shuni malum qilamizki, Mariya SHarapova turnirdagi ishtirokini yakunlashga majbur bo'ldi. Uning chap qo'lidagi jarohat bezovta qilgan. SHifokorlar esa Mashaga kortga chiqmaslikni maslahat berishdi”, – deyiladi turnir tashkilotchilarining rasmiy bayonotida.
SHu tariqa, ukrainalik tennischi kurashsiz chorak finalga yo'l oldi. Endi Curenko yarim final chiptasi uchun amerikalik Medison Kizga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar