07 may 14:14
Yangiliklar
Xokkey

Stenli Kubogi. "Vashington" 1/4 finalning ilk o'yinida yutqazdi
Nufuzli hisoblangan tarixiy Stenli Kubogida 1/4 final bosqichining ilk uchrashuvlari start oldi.
"Vashington Kepitalz" jamoasi pley-offning ushbu bosqichida "Karolina Xarrikeynz" klubiga qarshi muzga chiqmoqda. Poytaxt Vashingtondagi "Kepital Uan-Arena" stadionida o'tgan jamoalarning ilk o'yin mehmonlarning irodali g'alabasi bilan yakunlandi - 2:1.
"Vashington" etakchisi Aleksandr Ovechkin bu safar muzni golsiz tark etdi. Garchi mezbonlar Protasning shaybasi evaziga hisobda oldinga chiqib olgan bo'lsalar-da, yakunda g'alabani saqlab qola bilishmadi. Avvaliga uchinchi bo'limda Stenkoven tomonidan muvozanat tiklandi. Overtaymda esa Slavin mehmonlarga g'alaba keltirgan shayba muallifiga aylandi.
Jamoalar o'rtasidagi ikkinchi uchrashuv 9 may kuni Vashingtonda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar