07 may 09:37
Yangiliklar
Stol tennisi yulduzlari: Van Licin
Van Licin - 1978 yilning 18 iyun sanasida Xitoyning SHanxay shahrida dunyoga kelgan. Olti yoshidan stol tennisiga qiziqishni boshlagan Van o'n besh yoshida Xitoy terma jamoasi tarkibiga jalb qilingan.
O'zining ilk olimpiadasi (Sidney-2000)da ishtirokidan avvalroq o'zi haqida jahon stol tennisiga ovoza qilib bo'lgan edi. Licin uchta olimpiada ishtirok etadi va ikkitadan oltin va bronza medallariga sazovor bo'ladi.
SHuningdek o'n bir marta jahon birinchiligida eng yuqori o'rini egallashga erishadi. Bundan tashqari, 2005-2007 yillar oralig'ida ITTF reytinging birinchi o'rini hech kimga bermagan. Faoliyati davomida ITTF Pro Tour musobaqalarida jami 48 (21 marta yakkalik, 25 marta juftlik va 2 marta jamoaviy bahslarda) oltin medalni qo'lga kiritadi.
Erishgan natijalari:
Ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi
O'n bir karra jahon chempioni
Ikki karra Osiyo o'yinlari g'olibi
O'zbekiston stol tennisi federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar