31 jan 07:53
Yangiliklar
Tennis

St.Petersburg Ladies Trophy. Petra chempionlik himoyasiga kirishdi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasida nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Musobaqaning amaldagi g'olibasi Petra Kvitova chempionlik himoyasini muvaffaqiyatli boshladi. U to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan bahslarga kirishdi. Petra bu bosqichda belaruslik Viktoriya Azarenkoni mag'lub etdi.
Dunyoning sobiq birinchi raketkasiga qarshi kechgan va 1 soatu 39 daqiqa davom etgan uchrashuvda Kvitova 6/2, 7/6(3) hisobida zafar quchdi. Endi chexiyalik tennischi 1/4 finalda xorvatiyalik Donna Vekichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar