04 okt 08:20
Yangiliklar
Tennis

Sultonov va SHofayziev Shymkent Open turnirida mag'lub bo'lishdi
Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan Shymkent Open turnirining asosiy to'r bahslari start oldi.
Ushbu musobaqaning asosiy to'rida ishtirok etayotgan hamyurtimizdan ikki nafari turnirning ilk kuni mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov turnirning uchinchi raketkasi, rossiyalik Ivan Gaxovga 6:7(2), 0:6 hisobida yutqazdi.
Yana bir tennischimiz SHonig'mat SHofayziev esa qozog'istonlik Giorgiy Lomakinga 4:6, 6:3, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bugun Sanjar Fayziev, Sergey Fomin, Sunnatilla Qutiboev, SHarobiddin Abzalov va SHohrux Abdumalikovlar birinchi bosqich uchrashuvida kortga chiqishadi.
Eslatib o'tamiz, Sanjar Fayziev shanba kuni yakunlangan xuddi shunday nufuzdagi turnirda bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar