19 dek 09:51
Yangiliklar
Regbi, Suv sporti turlari
Suvga sakrash. Rossiyalik legionerlarimiz Rossiyadagi "Do'stlik kubogi" sovrindoriga aylandi
Xabar berganimizdek, 13-18 dekabr kunlari Rossiyaning Qozon shaxrida suvga sakrash bo'yicha "Do'stlik Kubogi" xalqaro musobaqasi o'tkazildi.
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari Igor Myalin hamda Vyacheslav Kachanov ham ishtirok etdi.
Quvonarlisi, turnirning uchinchi kuni doirasida Igor Myalin va Vyacheslav Kachanov juftligi 3 metrli tramplindan sinxron sakrash bahsida bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Hamyurtlarimizning chiqishi hakamlar tomonidan 351.15 ballga loyiq ko'rildi.
Mazkur musobaqada oltin va kumush medallar mezbon sportchilarga nasib etdi:
1 o'rin – Kuznecov Evgeniy + SHleyxer Nikita – 417,48 ball
2 o'rin – CHerepaxin Aleksandr + Makarov Artyom – 374,10 ball.
Havola :
Manba : t.me/aquatics_uz
Fikrlar