18 may 13:45
Yangiliklar
Engil atletikachilarimiz sakrash turlari bo'yicha ilk Osiyo chempionatida qatnashadi
Mazkur qita birinchiligida balandlikka sakrash, uzunlikka sakrash, uch hatlab sakrash va langarcho'p bilan sakrash bo'yicha Osiyoning eng kuchli atletlari bir nuqtada jam bo'ladi hamda ilk sovrindorlar sifatida tarixda qolish uchun bor imkoniyatlarini ishga soladi.
O'zbekiston terma jamoasi tarkibida 7 nafar mamlakatimizning o'z yo'nalishida eng ilg'or sakrovchilari 3 nafar murabbiylar boshchiligida g'oliblik uchun bahslarga kirishadi.
Tarkibimiz quyidagicha:
Barnoxon Sayfullaeva — balandlikka sakrash
Anvar Anvarov — uzunlikka sakrash
Roksana Xudoyarova — uch hatlab sakrash
Ibrohim Maxkamov — uch hatlab sakrash
Ixtiyor Axmadjanov — uch hatlab sakrash
Azizjon Sobirov — uzunlikka sakrash
Xushnoza SHavkatova — uzunlikka sakrash.
Fikrlar