19 apr 16:33
Yangiliklar
Suv sporti turlari

Suzuvchi Mixail Kleshko Dubaydagi xalqaro musobaqada oltin medalga ega chiqdi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida suzish bo'yicha "Dubay ochiq chempionati" xalqaro musobaqasi start oldi.
Musobaqaning dastlabki kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasi azosi Mixail Kleshko 50 metr masofaga chalqancha usulda suzish bahslarida ishtirok etib, 26.43 soniya natija qayd etdi va oltin medalga ega chiqdi.
Turnirda Mixaildan tashqari yana bir hamyurtimiz Iskandar Sadullaev ham ishtirok etadi. Qayd etish joiz, mazkur musobaqa Singapurda o'tadigan Jahon chempionati uchun saralash vazifasini bajarib beradi.
Havola :
Manba : t.me/aquatics_uz
Fikrlar