11 okt 13:11
Yangiliklar
Italyan suzuvchisi Toshkentdagi Jahon kubogida Eldor SHomurodov libosida startga chiqdi + FOTO
Qisqa masofaga suzish bo'yicha Jahon chempioni, Evropa chempionatlari sovrindori Rassetti 200 metrga kompleks usulda suzish bahsida qatnashib, masofani 1 daqiqayu 52,53 soniyada bosib o'tgan holda to'rtinchi o'rinni egalladi.
Ushbu yo'nalishda amerikalik SHeyn Kasas 1:51,81 natija bilan g'olib bo'ldi. Uning vatandoshi Karson Foster 0,40 soniya ortda qolib, ikkinchi o'rinni egalladi. Kanadalik Finley Noks esa g'olibdan 0,52 soniya kechroq marraga etib kelib, uchinchi bo'ldi.
Ahamiyatlisi, Alberto Rassetti startga o'zbekistonlik futbolchi Eldor SHomurodovning formasida chiqib keldi.
Eldor SHomurodov faoliyati davomida Italiyaning "Jenoa", "Roma", "Speciya" va "Kalyari" klublarida to'p tepgan. Hozirda u Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
SHomurodov O'zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lib, uning hisobida 47 ta gol bor.

Fikrlar