22 jan 08:10
Yangiliklar
Tennis

Svitolina - Australian Open 1/4 finaliga chiqqan ilk ukrainalik!
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Elina Svitolina Australian Open musobaqasining to'rtinchi davra uchrashuvida ortiqcha qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi.
Ukrainalik tennischi asosiy to'rga saralash bahslari orqali etib kelgan Denisa Allertovaga qarshi kortga chiqib, raqibasini 6:3, 6:0 hisobida mag'lub etdi.
SHu tariqa, Svitolina faoliyatida ilk bor Avstraliya Ochiq chempionatining chorak finalida o'ynaydi. SHu bilan birga Elina 1/4 finalda kortga chiqqan ilk ukrainalik tennischiga ham aylandi. Uning yarim final ostonasidagi raqibasi Eliza Mertens bo'ladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar