03 jan 12:47
Yangiliklar
Tennis

Svitolina Brisbenda chorak finalga chiqdi
Dunyoning oltinchi raqamli tennischisi Elina Svitolina Brisbenda bo'lib o'tayotgan turnirda ikkinchi bosqichda g'alaba qozondi.
Ukrainalik tennischi ikkinchi davrada xorvatiyalik Ana Konyuxga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 5 daqiqa davom etgan o'yinda Elina raqibini 6:3, 6:1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Endi u navbatdagi o'yinini britaniyalik Yoxanna Kontaga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar