24 mar 10:40
Yangiliklar
Tennis

Svitolina Indian-Uells g'olibasini to'xtatdi
AQSHning Mayami shahrida o'tkazilayotgan xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Elina Svitolini ikkinchi davra uchrashuvida chiroyli g'alabaga erishdi. Ukrainalik tennis malikasi o'tgan hafta Indian-Uells turnirida shov-shuvli tarzda chempionlikni qo'lga kiritgan yaponiyalik Naomi Osakadan ustun keldi.
Bir soatu 22 daqiqa davom etgan bahsda Svitolina dunyoning 22-raketkasini 6:4, 6:2 hisobida mag'lub etdi. Osaka birinchi davrada dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi amerikalik Serena Uilyamsni musobaqadan chiqarib yuborgan edi.
Havola :
Fikrlar