26 fev 08:20
Yangiliklar
Tennis

Svitolina ketma-ket ikkita WTA turniri g'olibasiga aylandi
Ukrainalik tennis malikasi Elina Svitolina BAAning Dubay shahrida yakunlangan nufuzli WTA turniri g'olibasiga aylandi.
Elinaning finaldagi raqibasi dunyoning 15-raketkasi Karolin Voznyacki bo'ldi. Uchrashuvda Svitolina kuchli raqibasini ortiqcha qiyinchiliksiz 6:4, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Takidlash joiz, Elina Svitolina qatorasiga ikkita WTA turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritdi. Ukrainalik tennischi 12ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti.
FINAL
Elina Svitolina (Ukraina) – Karolin Voznyacki (Daniya) 6:4, 6:2
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar