14 fev 08:17
Yangiliklar
Tennis

Svitolina latviyalik dugonasidan ustun keldi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha nufuzli WTA turniri davom etmoqda.
Ukrainalik maftunkor tennischi Elina Svitolina turnirning ikkinchi davrasida latviyalik Elena Ostapenkoni mag'lubiyatga uchratdi. Sakson daqiqa davom etgan uchrashuvda 24 yoshli Elina raqibasini ikki setda ham bir xil 6/4, 6/4 hisobida engdi.
Svitolina dunyoning ettinchi raketkasi bo'lsa, 21 yoshli Ostapenko WTA reytingining 22-pog'onasidan joy olgan. Endi ukrainalik tennischi Qatar Total Open turnirining 1/4 finalida chexiyalik Karolina Muxovaga qarshi kortga chiqadi. Muxova Xitoy Taypeyi vakilasi Se Su-Veydan ustun keldi - 6/2, 6/4.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar