12 fev 09:07
Yangiliklar
Tennis

Svitolina: "Oldimga doimo yuqori maqsadlarni qo'yaman"
Ukrainalik tennischi Elina Svitolina Doxadagi musobaqa oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Qatarda o'ynash rejamda yo'q edi. Yana biroz hordiq chiqarmoqchi edim. Biroq, men kutilganidan ertaroq tiklana oldim. So'nggi daqiqalarda Doxadagi musobaqada qatnashishga qaror qildim.
Avstraliya Ochiq chempionatidan buyon meni elka va bo'ynim bezovta qilib kelayotgandi. Hayriyat, men tiklana oldim.
O'z oldimga doimo yuqori maqsadlarni qo'yishga harakat qilaman. SHu jumladan Doxadagi turnirda ham. Har bir o'yinda g'alaba uchun kurashaman", - dedi Svitolina.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar