20 may 17:42
Yangiliklar
Tennis
Svitolina Rimdagi turnirda chempionlik unvonini himoya qildi+FOTO
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Elina Svitolina Italiyaning Rim shahrida yakunlangan nufuzli tennis turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
Ukrainalik tennis malikasi hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi ruminiyalik Simona Xalepni mag'lubiyatga uchratdi. Bir soatu 7 daqiqa davom etgan bahsda Elina kuchli raqibasidan 6:0, 6:4 hisobida ustun keldi. Bu bilan u chempionlik unvonini himoya qildi.
Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok Svitolinaga 507 100 evro mukofot puli hamda 900 reyting ochkosini taqdim etdi. Elina mavsumdagi uchinchi, faoliyatidagi 12-sovringa ega chiqdi. Bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda ketma-ket sakkizinchi finalda zafar quchdi.
Havola :
Fikrlar