31 may 13:19
Yangiliklar
Tennis

Svitolina "Rolan Garros"ning uchinchi davrasida o'ynaydi
Ukrainalik tennischi Elina Svitloina "Rolan Garros"ning uchinchi davrasiga yo'l oldi.
Musobaqaning ikkinchi bosqichida Svitolinaga slovakiyalik Viktoriya Kuzmova raqiblik qildi.
1 soat 21 daqiqa davom etgan o'yinda ukrainalik tennischi raqibini 6:3, 6:4 hisoblarida mag'lub etdi va uchinchi davraga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Endi u navbatdagi uchrashuvda ruminiyali Mixaela Buzarneskuga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar