28 okt 19:46
Yangiliklar
Tennis
Svitolina Singapurda Sloan Stivensni "sindirdi"!
Singapur mezbonlik qilgan tennis bo'yicha yilning Yakuniy WTA turniri o'z nihoyasiga etdi.
Dunyoning eng kuchli sakkiz nafar tennis malikalarini o'zida jamlagan BNP Paribas WTA Finals Singapore turnirining sovrin jamg'armasi 7 million dollarni tashkil etdi.
Turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida ukrainalik Elina Svitolina amerikalik Sloan Stivensga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 23 daqiqa davom etgan bahs yakunida Svitolina 3/6, 6/2, 6/2 hisobida zafar quchib, bosh mukofot sohibasiga aylandi.
Ikki tennischi o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlardagi hisob tenglashdi - 2:2. Bu Elina uchun joriy mavsumdagi to'rtinchi, faoliyatidagi o'n uchinchi sovrin bo'ldi.
Havola :
Fikrlar