26 fev 10:06
Yangiliklar
Tennis

Svitolina Tie Break Tens turnirida ishtirok etadi
Ukrainalik tennis malikasi Elina Svitolina Nyu-York shahrida o'tkaziladigan Tie Break Tens ko'rgazmali turnirida qatnashadi.
Bu haqda dunyoning to'rtinchi raketkasi bo'lgan Svitolina o'zining Instagram sahifasida xabar berdi. Ushbu turnir uchrashuvlari tay-breyk ko'rinishida 10 ochkogacha davom ettiriladi.
Malumot uchun, musobaqada Elinadan tashqari opa-singil Serena va Vinus Uilyams, Daniela Gantuxova, Marion Bartoli, Koko Vandevege va Sorana Kirstya ishtirok etadi. Barcha uchrashuvlar 5 mart kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar