14 avg 08:20
Yangiliklar
Tennis

Svitolina Torontoda joriy yil hisobidan 5-sovriniga ega chiqdi
Ukrainalik tennis malikasi Elina Svitolina Kanadaning Toronto shahrida yakunlangan “Premer” turkumidagi nufuzli turnir g'olibiga aylandi.
Dunyoning beshinchi raketkasi bo'lgan Elina hal qiluvchi final uchrashuvida daniyalik Karolin Voznyackiga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 17 daqiqa davom etgan bahsda Svitolina 6:4, 6:0 hisobida zafar quchdi.
Torontodagi bir haftalik muvaffaqiyatli ishtirok ukrainalik raketka ustasiga 501 ming 975 dollar mukofot puli hamda 900 reyting ochko taqdim etdi. Bu uning joriy mavsumdagi beshinchi, faoliyatidagi to'qqizinchi sovriniga aylandi.
Havola :
Fikrlar