11 avg 09:23
Yangiliklar
Tennis

Svitolina Torontoda Uilyamsni mag'lubiyatga uchratdi
Ukrainalik tennischi Elina Svitolina Kanadaning Toronto shahrida o'tkazilayotgan Rogers Cup turnirining chorak finaliga chiqdi.
Turnirda beshinchi raqam ostida tasniflangan Elina bir soatdan sal oshiqroq davom etgan bahsda amerikalik Vinus Uilyamsni 6:2, 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Takidlash joiz, Svitolina
faoliyatida ilk bor bunday nufuzdagi turnirning chorak finaliga chiqdi. Uning yarim
final ostonasidagi raqibasi ispaniyalik Garbine Mugurusa bo'ladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar