13 mar 16:16
Yangiliklar
Tennis
Svitolina va Barti yilning eng uzoq davom etgan uchrashuvini o'tkazishdi
Dunyoning oltinchi raketkasi Elina Svitolina hamda avstraliyalik Eshli Barti joriy mavsum WTA turnirlaridagi eng uzoq davom etgan uchrashuv ishtirokchilariga aylanishdi.
Bu tennischilar o'rtasidagi uchrashuv Indian-Uells shahrida davom etayotgan Premier Mandatory turniri doirasida qayd etildi. To'rtinchi bosqichning 3 setdan iborat bahsi 3 soatu 11 daqiqa davom etdi va unda ukrainalik tennischi 7:6 (10:8), 5:7, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar