16 fev 07:27
Yangiliklar
Tennis

Svitolina va Xalep bahsi uch set davom etdi
Dunyoning ettinchi raketkasi Elina Svitolina hamda reytingning uchinchi pog'onasidan joy olgan Simona Xalep o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.
Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkazilayotgan Qatar Total Open turnirining yarim finalidan o'rin olgan ushbu bahs g'olibasi uch set yakuniga ko'ra aniqlandi.
Ikki soatu 7 daqiqa davom etgan uchrashuv yakunida ruminiyalik Simona Xalep ajoyib kambekni amalga oshira oldi. U ukrainalik raqibasini 6:3, 3:6, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Xalep endi finalda belgiyalik Elize Mertensga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar