11 noy 11:48
Yangiliklar
Tennis
Svitolina yangi mavsumda birinchi bo'lmoqchi
Ukrainalik tennis malikasi yangi mavsum rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Ayni paytda dunyoning to'rtinchi raketkasi bo'lib turgan Svitolina 2019 yilgi mavsumni sayyoramizning birinchi raqamli tennischisi sifatida yakunlash bosh maqsadi ekanligini aytdi.
“Yangi mavsumdan ko'p narsa kutyapman. Eng asosiy maqsadim - dunyoning birinchi raketkasi bo'lish. Yana “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi musobaqada ham g'olib bo'lishni xohlayman. Men to'g'ri yo'ldan ketyapman. Mavsumni Melburndagi Avstraliya Ochiq chempionati bilan boshlayman”, - dedi Svitolina.
Eslatib o'tamiz, Elina yaqinda yilning Yakuniy WTA turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritgandi. Kecha esa WTA tomonidan 2018 yilning eng yaxshi tennischisi deb topilgan edi.
Havola :
Fikrlar