14 fev 12:18
Yangiliklar
Tennis

Svyontek chempionlik himoyasini davom ettirmoqda, 1/4 finalda o'tgan yilgi finalchi mag'lub etildi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning ikkinchi raketkasi Iga Svyontek 1/4 finalda WTA reytingida ettinchi o'rinda borayotgan qozog'istonlik Elena Ribakinani mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 7/5. Bu bilan tennischilarning o'zaro o'yinlaridagi hisob muvozanati ham tiklandi - 4:4!
To'qson olti daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 1, Ribakina 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar yon qo'shnimizda ko'proq bo'ldi - 2 ga 1. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki, g'olib tennischi tomonida - 4 ga 1. Endi Iga 1/2 finalda tunislik Ons Jaberni mag'lub etgan latviyalik Elena Ostapenkoga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar