15 okt 20:21
Yangiliklar
SHaxmat
Tarixda ilk bor! Javohir Sindarov dunyoning Top-3 shaxmatchisi!
Dunyoning eng kuchli besh shaxmatchisidan ikki nafari - O'zbekiston vakili!
O'zbekiston shaxmati tarixida ilk bor hamyurtimiz klassik shaxmat bo'yicha live jahon reytingida 3-o'ringa ko'tarildi.
AQSH chempionatida Fabiano Karuananing Endi Vudvordga mag'lub bo'lishidan so'ng, Javohir Sindarov 2782 reyting bilan dunyoning 3-raqamli shaxmatchisiga aylandi. Undan faqat Magnus Karlsen (2823) va Hikaru Nakamura (2792) oldinda bormoqda.
Nodirbek Abdusattorov esa 2780 reyting bilan 5-o'rinda!

Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar