17 jan 08:10
Yangiliklar
Paralimpiya
Tarixda ilk bor o'zbekistonlik para velosportchi Jahon kubogi shohsupasiga ko'tarildi!
SHu kunlarda Avstraliyaning Adelaida shahrida para velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha Jahon kubogi 1-turi o'tkazilmoqda.
Quvonarlisi, unda ishtirok etayotgan terma jamoamiz azosi Fotima Soipova ayollar o'rtasida T1 klassida tashkil etilgan bahsda kuchli uchlikdan joy oldi va bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Qayd etish lozimki, bu O'zbekiston para velosporti tarixida Jahon kubogida qo'lga kiritilgan birinchi medal hisoblanadi. Vakilimiz, shuningdek, ushbu natijasi orqali Parij-2024 yozgi Paralimpiya o'yinlari yo'llanmasi uchun muhim reyting ochkolariga ham ega bo'ldi.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar