So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

29 dek 08:52
Yangiliklar

SHaxmat

Tasanno! 15 yoshli Afruza Hamdamova 2-o'rin egasi bilan bir xil ochko jamg'ardi, bir necha jahon chempionini mag'lub etdi

Xabar berganimizdek, AQSHning Nyu-York shahrida shaxmat bo'yicha rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Ayollar o'rtasidagi dunyo birinchiligida yagona vakilamiz Afruza Hamdamova (2188) yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni bo'lgan Afruza tarixiy natija qayd etdi. U 11 imkoniyatdan 8 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ragina 6-o'rinni egalladi. Afruza so'nggi kun oldidan 5,5 ochko bilan 15-pog'onada borayotgandi. 

Hamdamova kecha tunda o'tkazilgan 3 ta partiyadan 2 tasida g'alaba, 1 tasida durang qayd etdi. Musobaqa davomida faqat bitta uchrashuvda imkoniyatni boy berdi. Turnirda 83-raqam ostida tasniflangan Hamdamova uchun bu haqiqatan ham tarixiy natija. Afruza 6 g'alaba, 4 durang va 1 mag'lubiyat evaziga 8 ochko jamg'ardi. 

Hamyurtimiz chempion Hampi Koneru (Hindiston, 2431)dan bor yo'g'i yarim ochko kam to'pladi. Kuchli uchlikdan joy olgan Ju Ven Jun (Xitoy, 2536) va Katerina Lagno (FIDE, 2433) bilan bir xilda ochkoga ega bo'lib, yakunda sovrinli o'rinlardan chetda qolgani biroz alamli bo'ldi. 

Afruza Hamdamova musobaqa davomida ikki karra jahon chempioni, blic yo'nalishida amaldagi jahon chempioni rossiyalik Valentina Gunina (FIDE, 2388)ni mag'lub etishni uddaladi. Qozog'istonlik grossmeyster, blic yo'nalishida ikki karra jahon chempioni Bibisara Assaubaeva (2444), rossiyalik jahon chempioni Katerina Lagno (2433), ukrainalik jahon chempioni Anna Muzichuk (2408) singari nomdor raqibalari bilan durang o'ynadi. 

AQSH sharafini himoya qilayotgan Gulruhbegim Tohirjonova 11 imkoniyatdan 5 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 65-o'rin bilan kifoyalandi. U rapid bahslarida 3 g'alaba, 4 durang va 4 ta mag'lubiyat qayd etdi. Gulruhbegim turnirda 42-raqam ostida tasniflangandi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing