30 sen 21:01
Yangiliklar

Tashkent Open-2016. Yakkalikda finalchilar malum
Sovrin jamg'armasi 250 ming dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnir bu yil 18-marotaba o'tkazilmoqda. Bugun musobaqaning yakkalik bahslarida yarim final uchrashuvlari o'tkazilib, finalchilar nomi malum bo'ldi.
Turnirning amaldagi g'olibasi yaponiyalik Nao Xibino chexiyalik Denisa Allertovani 6:2, 6:3 hisobida mag'lub etdi. Xibino turnirda 4, Allertova esa 9-raqam ostida tasniflangan edi.
Ikkinchi yarim final uchrashuvida esa chexiyalik Kristina Plishkova ukrainalik Katerina Kozlovadan 7:6(2), 6:0 hisobida ustun keldi.
Tashkent Open-2016. Yarim final
Nao Xibino (4, Yaponiya, ) – Denisa Allertova (9, CHexiya) – 6:2, 6:3
Kristina Plishkova (CHexiya) – Katerina Kozlova (Ukraina) – 7:6(2), 6:0.
Fikrlar