26 sen 11:52
Yangiliklar
Tennis
Tashkent Open. Birinchi bosqichda yutqazgan Nigina va Sabina 2200 dollar va 1 ochko ishlab olishdi
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis kortlarida WTA tasnifiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 250 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada dunyoning ko'zga ko'ringan raketka ustalari ishtirok etyapti. Ular qatorida bahslarga kirishgan Nigina Abduraimova va Sabina SHaripova ilk davradayoq mag'lubiyatga uchrab, muxlislar qatoridan joy olishdi.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova birinchi bosqichda rossiyalik Margarita Gasparyanga, ikkinchi raqamli tennischimiz Nigina Abduraimova jsa germaniyalik Mona Bartelga yutqazdi. Har ikki tennischimiz bu ishtiroklari uchun 1 reyting ochkosi hamda 2 200 dollar pul mukofotiga ega bo'lishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar