24 sen 11:41
Yangiliklar
Tennis
Tashkent Open. Esheni Bushar ishtirokidagi bahs yakunlandi
WTA tasnifiga kiruvchi Tashkent Open musobaqasining ilk kunidan o'rin olgan yakkalikdagi ikkinchi uchrashuv yakunlandi.
Unda dunyoning sobiq beshinchi raketkasi Ejeni Bushar o'z mahoratini namoyish etdi. Kanadalik maftunkor tennis malikasi yaponiyalik Nao Xibinoga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 28 daqiqa davom etgan uchrashuvda 24 yoshli Bushar raqibasiga 3:6, 3:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Taqqoslash uchun, bugungi kunda Xibino dunyo reytingida 128, Bushar esa 107-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda o'zaro uch marotaba to'qnash kelishdi. Uchchala bahsda ham Xibino g'alabaga erishdi.
Havola :
Fikrlar