28 sen 12:19
Yangiliklar
Tashkent Open. Ilk finalchining nomi malum bo'ldi
Mukofot jamg'armasi 250 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslarida bugun yarim final uchrashuvlari o'tkazilmoqda. Hozirgina ilk yarim final bahsi yakunlandi.
Unda ukrainalik Katerina Kozlova rossiyalik Anastasiya Potapovaga qarshi kortga chiqdi. Ikki daqiqasi kam bir soat davom etgan uchrashuvda Mariya SHarapovaga qiyoslanadigan Potapova raqibasini 6:2, 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Birozdan so'ng ikkinchi yarim final juftligida germaniyalik Mono Bartel hamda rossiyalik Margarita Gasparyan final chiptasiga kim loyiq degan savolga javob berishadi. Raqamlangan tennischilar hech biri ushbu bosqichga etib kelmagani etiborga moliq jihat.
Tashkent Open. 1/2 final juftliklari:
Katerina Kozlova (Ukraina) – Anastasiya Potapova (Rossiya) - 2:6, 3:6
Live. Mona Bartel (Germaniya) – Margarita Gasparyan (Rossiya)
Fikrlar