26 sen 11:09
Yangiliklar

Tashkent Open. Musobaqaning qolgan bahslari tennischilarimissiz o'tadi
Sovrin jamg'armasi 250 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirga Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlari mezbonlik qilyapti. Asosiy to'r bahslariga uch nafar tennischimiz wild card, yani imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgandi.
Afsuski, ulardan hech biri ikkinchi davraga chiqa olmadi. Hozirgina so'nggi vakilamiz Nigina Abduraimova ham o'z uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi. Nigina bor yo'g'i 53 daqiqa davom etgan bahsda yaponiyalik Kurumi Naraga 1:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Taqqoslash uchun, Abduraimova dunyo reytingida 282, Nara
109-o'rinni egallab turibdi. Kecha Oqgul Omonmurodova ukrainalik Katerina
Kozlovaga, Sabina SHaripova esa shveycariyalik Stefani Fogelega yutqazib qo'ygandi.
Fikrlar