22 jan 09:07
Yangiliklar
Tata Steel Chess-2025. Abdusattorov amaldagi chempion bilan durang o'ynadi, Yakubboevda mag'lubiyat
Nufuzli turnirning "Masters" guruhida Nodirbek Abdusattorov, "CHellenjer"ida esa Nodirbek Yakubboev sovrinli o'rinlar uchun bahs olib boryapti. Kecha o'tkazilgan to'rtinchi tur bahsida Abdusattorov xitoylik Osiyo chempioni, ushbu musobaqaning amaldagi g'olibi Vey I bilan durang o'ynadi. Nodirbek 2 g'alaba va 2 durang bilan 3 ochko jamg'argan holda 2-o'rinni egallab turibdi.
Birinchi turda Abdusattorov bilan durang o'ynaganidan keyin ketma-ket uchta partiyada g'alaba qozongan hindistonlik Rameshbabu Pragnanandha 3 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Kecha u hamyurti Leon Luke Mendonkadan ustun keldi. Hindistonlik Gukesh Dommaradju serbiyalik Aleksey Sarana bilan murosaga keldi. Amerikalik Fabiano Karuana esa niderlandiyalik Anish Giri bilan durang qayd etdi.
Afsuski, "CHellenjer" guruhida qatnashayotgan Nodirbek Yakubboev 4-turda ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. U oq donalarda o'ynashiga qaramay, hindistonlik Rameshbabu Vayshaliga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Yakubboev 1,5 ochko bilan 10-o'rinni egallab turibdi. CHexiyalik Van Nguen, niderlandiyalik Ervin L`ami va xitoylik Lu Miaoyi 3 ochkodan jamg'arib, kuchli uchlikdan joy olgan.
Fikrlar