03 sen 17:19
Yangiliklar
Tayson Entoni Joshuani qo'rqoqlik va yolg'onchilikda aybladi
"Joshua, qaerdasan? Bitim hali ham imzolanmadi, bu narsa jonimga tegib ketdi. Tilga olingan istalgan joyda jang qilishga tayyorman. Angliya, Irlandiya, Vegas, Nyu-York, yana Angliya, yana Irlandiya, yana Nyu-York. Eshit, men har safar "Ha, ha, ha, ha, ha" deb javob berganman. Hech qanday shartlarsiz. Rostini aytsam, menga sen qo'rqayotgandek tuyulyapsan. Menimcha, sen jang qilishni xohlamayapsan va shunchaki hammani aldayapsan. Buni his qilyapman. Sen yillar davomida shunday qilib kelding. Meni mag'lub etish uchun ko'p imkoniyatlaring bo'ldi, lekin ich-ichingdan buni xohlamading.
Xo'sh, kel, oxirgi marta ringga chiqishga jurating etadimi yoki yo'q, ko'ramiz. Ikkalamiz ham 37-38 yoshdamiz. Bu shunchaki mushtlashuv, boks jangi. Seni allaqachon ko'p marta nokdaunga uchratishgan. Balki, bir-ikki marta o'rningdan turolmassan ham. Xo'sh, nima bo'pti? Eng yomoni nima bo'lishi mumkin? Seni yuz foiz tor-mor etaman, lekin ilgari sodir bo'lmagan hech qanday g'ayritabiiy narsa yuz bermaydi", — dedi Fyuri o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida elon qilgan videoda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq britaniyalik bokschilar o'rtasidagi jang 20 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tishi haqida xabar berilgandi.

Fikrlar