So’nggi yangiliklar

19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0 09:01Жаҳон чемпионатида қатнашадиган Ўзбекистон cпорт курашчилари маълум 0 20:46"Ғазалкент" клуби яна бир компания билан ҳамкорлик бошлаганини эълон қилди 0 19:00"Ортга йўл йўқ эди". Магомед Анкалаев Перейра қарши жангдаги мағлубият сабабини айтди 0

06 sen 15:07
Yangiliklar

Boks/MMA

Tayson Fyuri Joshua bilan jangni tashkil qilayotgani uchun bir insonga rahmat aytdi

Superog'ir vaznda britaniyalik sobiq jahon chempionlari Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi anchadan beri kutilayotgan jang amalga oshishga yaqin turibdi.

Tayson Fyuri UFC va Zuffa Boxing promoushenlari rahbari Dana Uaytga hamyurti Entoni Joshua bilan jangni tashkil etishdagi roli uchun oshkora minnatdorlik bildirdi.

"Unutmasimdan oldin, ushbu jangni tashkil qilayotgani, Netflix bilan kelishuvga erishgani va ishni oxiriga etkazgani uchun Dana Uaytga rahmat aytmoqchiman, — dedi Fyuri ijtimoiy tarmoqlarga joylagan videosida. — Ajoyib ish. Eddi Xirn esa bunga hech qanday aloqasi yo'qligini tan olishga jurati etmaydigan mayda hasadgo'y. Ammo men erkak sifatida, Eddi va boshqalar yillar davomida urinib, uddalay olmagan ulug'vor ishni amalga oshirgan boshqa bir erkakka hurmat bajo keltirmasdan ilojim yo'q. Katta rahmat, Dana, sen haqiqiy afsonasan. Mening nazarimda, dunyodagi eng yaxshi promouterlardan biri va shunchaki ajoyib inson".

"Ammo hozircha jang hali rasman tasdiqlangani yo'q, — deya qo'shimcha qildi Fyuri. — Bu qo'rqoqlar hali ham qochib yuribdi, Eddi esa hamon safsata sotmoqda".

Eslatib o'tamiz, Fyuri va Joshua o'rtasidagi jang bo'yicha muzokaralar uni amerikalik teletomoshabinlar uchun qulay bo'lishi maqsadida Londondan Nyu-Yorkka ko'chirish zarurati tug'ilganda berk ko'chaga kirib qoldi. Joshuaning manfaatlarini himoya qiluvchi promouter Eddi Xirn shu munosabat bilan qo'shimcha talablar qo'ya boshladi, xususan, AQSHda qo'shimcha soliqlar to'lash zarurati tufayli gonorarni oshirishni talab qildi. SHu bilan birga, u Joshua Londondagi "Uembli" stadionida hech qanday shartlarsiz jang qilishga tayyorligini takidlagan edi.

Dushanba kuni Eddi Xirn Fyurining vakili bo'lgan hamkasbi Frenk Uorrendan olgan ultimatum muddati tugaydi. Agar tomonlar shu vaqtgacha kelishuvga erisha olmasalar, Fyuri yangi raqib izlashni boshlaydi va baribir 20 noyabr kuni Nyu-Yorkda jang o'tkazadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing