12 avg 16:40
Yangiliklar
Tennis

Temur Ismoilov Minsk turniridagi ishtirokini yakunladi
Belarus poytaxti Minsk shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “Fyuchers” turniri davom etmoqda.
Musobaqada uchinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz Temur Ismoilov turnirdagi ishtirokini yakunladi. Ismoilov yarim final yo'llanmasi uchun kechgan uchrashuvda belaruslik tennischi, turnirning oltinchi raketkasi Artur Dubinskiga 6:7(3), 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o'tamiz, Ismoilov ilk bosqichda turkiyalik Muhammad Xaylazni 6:4, 6:3, ikkinchi davrada belaruslik Maksim Tibarni 6:4, 6:2 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar