11 avg 07:50
Yangiliklar
Tennis

Temur Ismoilov Minskdagi turnirda chorak finalga chiqdi
Belarus poytaxti Minsk shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “Fyuchers” turniri davom etmoqda.
Musobaqada uchinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz Temur Ismoilov yakkalikdagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. U ilk bosqichda turkiyalik Muhammad Xaylaz 6:4, 6:3 hisobida ustun kelgandi.
Terma jamoamiz azosi ikkinchi davrada belaruslik Maksim Tibar bilan hisob-kitob qildi. Deyarli qiyinchilikka duch kelmagan hamyurtimiz uchrashuvda 6:4, 6:2 hisobida zafar quchdi. Endi Ismoilov yarim final yo'llanmasi uchun yana bir mezbon tennischi, turnirning oltinchi raketkasi Artur Dubinskiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar