04 okt 18:48
Yangiliklar
Futbol
Ten Hag Kazemiro nega zaxirada qolayotgani sababini oshkor qildi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro nima uchun asosiy tarkibda tez-tez o'ynamayotganiga oydinlik kiritdi.
"Kazemiro "Manchester Yunayted"ga kelgan kundan boshlab biz g'alaba qozona boshladik. Biz uchun asosiysi – jamoa, jamoada esa hammasi yaxshi. Biroq Kazemiro uzoq va qisqa muddatli istiqbolda bizga foyda keltirishiga ishonchim komil. U tarkibda o'z o'rnini topa oladi, lekin bu tabiiy ravishda sodir bo'lishi kerak", – dedi ten Hag.
30 yoshli Kazemiro joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida 6 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan kelishuvi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar