So’nggi yangiliklar

13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0

08 avg 17:10
Yangiliklar

Tennis

Tennis afsonasi Rojer Federer bugun 38 yoshni qarshi oldi

Bugun shveycariyalik tennis afsonasi Rojer Federer o'zining 38 yoshini nishonlamoqda.

Rojer Federer - 1981 yilning 8 avgust sanasida SHveycariyaning Bazel shahrida tug'ilgan. Federer ilk tennis saboqlarini 8 yoshida olgan. Rojer professional faoliyatini 1998 yili boshlagan. U faoliyati davomida jami 110 ta sovringa ega chiqqan, ulardan sakkiztasi juftlik bahslarida qo'lga kiritilgan.

 

SHuningdek, Rojer 20 marta "Ulkan toj" musobaqalarida zafar quchgan. Bu esa tennis tarixidagi rekord natija hisoblanadi. Rojer Australian Open (2004, 2006, 2007, 2010, 2017 va 2018), "Rolan Garros" (2009), "Uimbldon" (2003-2007, 2009, 2012 va 2017), US Open (2004-2008) turnirlarida bosh sovringa ega chiqqan.

Federer nafaqat o'zi uchun, balki vatani - SHveycariya terma jamoasi uchun ham ko'plab sovrinlarni yutib bergan. Pekin-2008 Olimpiya o'yinlarida hamyurti Sten Vavrinka bilan birgalikda Olimpiada chempionligini qo'lga kiritgan. 

London-2012da esa hal qiluvchi final uchrashuvida britaniyalik Endi Marreyga imkoniyatni boy berib qo'ygan. 2014 yilda SHveycariya terma jamoasiga "Devis Kubogi"da g'alaba qozonishga ko'mak bergan. 

Rojer faoliyati davomida umumiy hisobda 310 kun davomida ATP reytingi karvonboshisi bo'lgan. Bu natija ham tennisda rekord hisoblanadi. Rojer ATP musobaqalaridan jami 126 million 266 005 dollar ishlab topgan. 

Federerga juda ko'plab rekordlar tegishli, masalan, u har bir "Katta Dubulg'a" musobaqalarining yarim finaliga kamida besh martadan etib borgan. Bunday ko'rsatkichni hali hech bir tennischi uddalay olmagan. 

Tennis yulduzi o'zining juftini ham tennisdan topgan. Sababi u 2009 yilda tennischi Miroslava Vavrinec bilan turmush qurgan. O'sha yilning 23 iyulida tennischilar oilasida egizak qizchalar dunyoga keladi. 2014 yilning 6 avgustida esa yana bir egizak farzandlarning ota-onasiga aylanishgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing